Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men ishlayotgan lavozimda ishlagan xodimnoqonuniy ravishda ishdan bo’shatilganligi sababli sud qarori asosida qayta ishga tiklanganligi uchun men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bunday hollarda menga qonunda qanday qo’shimcha kafolatlar nazarda tutilgan?

Mehnat kodeksining 67-moddasiga ko’ra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli bekor qilingan hollarda ish qidirish davrida ikki oydan ortiq bo’lmagan davr mobaynida xodimlarning o’rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi, bunda xodimga to’langan bir oylik ishdan bo’shatish nafaqasi ham qo’shib hisobga olinadi.

Agar xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab o’n kalendar kun mobaynida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tsalar, mahalliy mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan, uchinchi oy uchun ham oldingi ish joylaridan o’rtacha ish haqi olish huquqiga ega bo’ladilar.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida ko’rsatilgan xodimlarga uch oy mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz deb e’tirof etiladilar.

Mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin o’n kun ichida mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan va kasbi bo’yicha qayta o’qitilayotgan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda malakasini oshirayotgan xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda stipendiya to’lanadi.

Basharti ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilsa, u bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan xodimlar ish haqi va o’zlariga tegishli boshqa to’lovlar xususida boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan imtiyozli huquqdan foydalanadilar.

Tugatilayotgan korxonalarning mablag’i bo’lmagan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan to’lanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa