Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Meni harbiy hizmatga chaqirishganligi sababli ishdan bo’shadim. Harbiy xizmatni o’tab bo’lganimdan keyin avvalgi ishimga joylashish bo’yicha qandaydir kafolatlar bormi?

Mehnat kodeksining 68-moddasiga ko’ra, harbiy xizmatga chaqirilgan (o’tgan) xodim rezervga bo’shatilgan yoki iste’foga chiqqanidan keyin, basharti, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo’shinlaridan bo’shatilgan kunidan boshlab uzog’i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo’lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir.

Harbiy xizmatga chaqirilgan (o’tgan), lekin keyinchalik rezervga bo’shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim, agar uning harbiy xizmatga chaqirilgan (o’tgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o’tmagan bo’lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa