"Mehnat huquqlari" -
2008 yilda men ijtimoiy ta’minot bo’limiga ishga joylashdim. Meni harbiy xizmatga chaqirishganda ishdan bo’shagan edim, harbiy xizmatni tamomlagan paytimda ijtimoiy ta’minot bo’limlarini qayta tashkil qilinib, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga aylantirildi. Men bdyujetdan tashqari pensiya jamg’armasiga avvalgi lavozimim bo’yicha ishga joylasha olamanmi?
Mehnat kodeksining 68-moddasiga muvofiq korxona qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo’shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni uning huquqiy vorisi, korxona tugatilganda esa – mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.