Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori) shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat kodeksining 82-moddasiga muvofiq ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo’ladi.
Mehnat shartnomasi – mehnat munosabatlariga kirish uchun asos hisoblanadi. Mehnat shartnomasini tuzar ekansiz mehnat qonunchiligi hamda korxonaning lokal hujjatlarda nazarda tutilgan huquqlarga ega bo’lasiz. Bu huquqlarga:
•qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo’lmagan miqdordagi ish haqini Mehnat kodeksida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqi;
•mehnat haqidan ushlab qolishga nisbatan cheklov;
•ish vaqti davomiyligining cheklanganligi;
•haftalik dam olish kunlari, bayram (ishlanmaydigan) kunlari, yillik pul to’lanadigan ta’tillarga ega bo’lishi;
•kafolatli to’lovlar va kompensatsiya to’lovlarni olish;
•kasaba uyushmalari va xodimlarning huquqlarini himoya qiladigan boshqa tashkilotlarga birlashish;
•o’z huquqlarini mehnat nizolarida himoya qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olish;
•yil davomidagi mehnati natijalariga ko’ra mukofot, taqdirlash va korxonaning lokal hujjatlarida nazarda tutilan boshqa to’lovlarni olish va boshqalar.
Mehnat shartnomasi bo’yicha ishlangan davr mehnat daftarchasidagi kiritilgan yozuvlar asosida mehnat stajiga kiritiladi.
Mehnat kodeksining 74-moddasi birinchi qismiga ko’ra, mehnat shartnomasi yozma shaklda tuzilishiga e’tibor qaratilishi lozim. Bu talab umumiy bo’lib, istisnolar mavjud emas.
Yuborilmoqda...