Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Turmushga chiqqunimga qadar men erim bilan bitta firmada ishlar edim. To’ydan keyin men bola parvarishi ta’tiliga chiqdim va uyda ikki yil bolani parvarishladim. Hozir qizim bolalar bog’chasiga boryapti va men oldingi ish joyimga qaytishni xohlayapman, lekin bunga erim qarshi. Uning aytishiga qaraganda yaqin qarindoshlarning bitta tashkilotda birga xizmat qilishlari taqiqlangan ekan. Haqiqatdan ham shundaymi?

Mehnat kodeksining 79-moddasiga asosan, haqiqatan ham qarindoshlarning bitta korxonada basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo’ysinib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo’lsalar, ularning birga xizmat qilishlarini taqiqlovchi qoida mavjud. Biroq, bu qoida faqat davlat korxonalariga tadbiq qilinadi va siz ishlayogan xususiy firmaga taalluqli emas. Bu Mehnat kodeksining 79-moddasida quyidagi tarzda belgilangan: o’zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo’lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o’g’il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo’ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo’lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.

Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, sizga nisbatan Mehnat kodeksining 234-moddasi beshinchi qismining qoidalari ham qo’llaniladi. Unga ko’ra, bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.

Ya’ni, siz ushbu korxonada ishlab turgan vaqtingizda bolani parvarishlash ta’tiliga chiqqaningiz sababli, ish joyingiz saqlanadi va o’z ishingizga qaytishga to’la huquqingiz bor.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa