Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men oliy ta’lim muassasasining moliya yo’nalishini tamomlaganman va katta tanlov natijasiga ko’ra, xalqaro firmaning vakolatxonasiga ishga joylashdim. Kadrlar bo’limida menga yetti oyga mehnat shartnomasini tuzishni taklif qilishdi, garchand men barcha testlar va suhbatlardan o’tganimdan keyin uzoqroq muddatli ishga ega bo’laman, deb umid qilgan edim. Iltimos, menga maslahat bersangiz, men ish beruvchidan uzoqroq muddatga mehnat shartnomasini tuzishni so’rash huquqim bormi va umuman mehnat shartnomasini tugash vaqtini ko’rsatilishi majburiymi?

Albatta, siz bunday huquqga egasiz. Biroq, shuni nazarda tutish lozimki, Mehnat kodeksi 73-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda, uning amal qilish muddati mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuviga binoan, ya’ni xodim va ish beruvchining o’zaro roziligi bilan belgilanadi. Siz o’zingiz istagan muddatni taklif qilishingiz mumkin, lekin natijada muddat ish beruvchining fikrini inobatga olib belgilanadi.

Muddatsiz mehnat shartnomasini tuzishga kelsak, shuni ta’kidlash kerakki, Mehnat kodeksining 75-moddasiga ko’ra mehnat shartnomalari:

•nomuayyan muddatga;

•besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga;

•muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin.

SHu bilan birga, Mehnat kodeksining 76-moddasida ish beruvchining muddatli mehnat shartnomasi tuzish huquqi quyidagi tarzda cheklangan:

Muddatli mehnat shartnomalari:

bajarilajak ishning xususiyati, uni bajarish shartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga mo’ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo’lmagan hollarda;

korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan;

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda tuzilishi mumkin.

Shunday qilib, siz korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bo’lmasangiz ish beruvchi siz bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish aynan sizning manfaatlarini hisobga olgan holda, tuzilayotganligini yoki mehnat shartnomasini nomuayyan tuzishning texnik jihatdan imkoniyati yo’qligi isbotlab berishi zarur.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa