Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men uch yildan beri universitetda kassir bo’lib ishlab kelmoqdaman. Mening mehnat shartnomamda uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan. Bu uni haqiqiy emas, deb hisoblanishiga olib kelmaydimi?

Yo’q. Mehnat kodeksining 75-moddasiga ko’ra mehnat shartnomalari:

•nomuayyan muddatga;

•besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga;

•muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin.

Agar Sizning mehnat shartnomangizda uning amal qilish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi.

Mehnat shartnomasini nomuayyan muddatga tuzilishi siz doimiy muddatga ishga qabul qilinganingizni anglatadi va siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddat tugaganligi sababli bekor bo’lmaydi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa