Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men universitetda o’zbek tili va adabiyotidan dars beraman. Bir halqaro tashkilot o’zining xodimlarini o’qitish uchun meni o’rindoshlik asosida menga qulay bo’lgan vaqtda ishlashga takilif qilyapti. Hujjatlarni rasmiylashtirish paytida mendan asosiy ish joyimdan ruxsatnoma olib kelishni so’rashdi. Nega kimdir ishlashimga ruxsat berishi lozim? Axir bu mening shaxsiy huquqim emasmi?

Ha, bu sizning shaxsiy huquqingiz. Har bir shaxs o’rindoshlik asosida ishlaydimi yoki yo’qmi o’zi hal qiladi. Aftidan sizni repetitor yoki o’qituvchi sifatida ishga taklif qilgan tashkilot hali ham avval amalda bo’lgan qonunchilik asosida ish ko’rayotganga o’xshaydi.

O’rindoshlik asosida asosiy ish joyi bo’lmagan korxonaga ishga qabul qilinayotgan xodim faqat ishga qabul qilinishda talab etiladigan hujjatlarni taqdim etadi. Mehnat daftarchasi hamda harbiy xizmatga bo’lgan munosabat haqidagi hujjat bundan mustasno, chunki bu hujjatlar asosiy ish joyida yuritiladi.

Ish beruvchi xodim haqiqatan ham tashqi o’rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi uchun ishga qabul qilinayotgan shaxsdan uning mehnat daftarchasi saqlanayotgan hamda harbiy hisobi yuritilayotgan asosiy ish joyi borligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi lozim. Qonunchilikka muvofiq (Mehnat kodeksining 80-moddasi, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risida yo’riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) 1.5-bandi) bunday hujjat – asosiy ish joyidan ma’lumotnoma hisoblanadi.

Ushbu ma’lumotnomani avvallari talab qilinadigan asosiy ish joyidan ruxsatnoma bilan adashtirishmaslik lozim. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son “O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6 bandi 2 qismiga asosan o’rindoshlik asosida ishga kirishda asosiy ish joyi yoki boshqa organning roziligi talab qilinmasligi ko’rsatilgan.

Mehnat kodeksining 80-moddasiga ko’ra ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko’rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa