Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Mening uyimda yong’in bo’lib, oliy ma’lumot haqidagi diplomim yonib ketdi. Diplomni qayta tiklash maqsadida men institutga murojaat qilsam, diplomni olganimga ancha bo’lgani, institut universitet bo’lib qayta tashkil qilinganini vaj qilib diplomimni qayta tiklib berishdan bosh tortishdi. Korxonananing yangi rahbariyati diplomning aslini yoki dublikatini talab qilayapti. Boshlig’im oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatim yo’qligi sababli ishdan bo’shatish haqidagi buyruqni tayyorlab qo’yibdi. Mening shaxsiy jildimda diplomning kseronusxasi bor. Men nima qilsam bo’ladi?

Ish beruvchi oliy ta’lim muassasasini tamomlaganlik haqidagi hujjatning asl nusxasini talab qilishga haqqi bor. Bu Mehnat kodeksining 80-moddasida nazarda tutilgan. Undagi ishga qabul qilish vaqtida talab qilinadigan hujjatlar ro’yxatida oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtini tamomlaganligi to’g’risidagi diplom haqida so’z yuritilgan. Aftidan Sizning yangi rahbaringiz xodimlarning shaxsiy jildlarini qayta ko’rib chiqib, zarur hujjatlarning asli bor yoki yo’qligiga qiziqayotgan bo’lsa kerak. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko’rib chiqilishi shart. Siz diplom dublikatini olish uchun uni bergan tashkilotga yoki uning huquqiy ofisiga, mazkur tashkilot qayta tashkil etilgan bo’lsa murojaat etishingiz mumkin. Sizga asossiz rad etgan taqdirda, oliy ta’lim to’g’risidagi hujjat berilganlik faktini aniqlash uchun sudga murojaat qilishingiz mumkin. Diplom yo’qolganligini tasdiqlash uchun hujjatning kseronusxasini hamda yong’in haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilish mumkin. Sudning ijobiy qarori chiqqanidan so’ng oliy ta’lim muassasasi sizga diplomning dublikatini berishga majbur bo’ladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa