"Mehnat huquqlari" -
Ishga qabul qilish paytida kadrlar bo’limida menga mehnat shartnomasini imzolash uchun berishdi, lekin u bir nusxada tuzilgan ekan va menga uning nusxasini berishmadi. Kadrlar bo’limi xodimining xatti-harakati to’g’rimi?
Yo’q, noto’g’ri. Mehnat kodeksining 74-moddasi uchinchi qismiga ko’ra mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo’lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.