Ha, siz mehnat shartnomasini ma’lum bir muddatga qadar oldindan tuzib qo’yishingiz mumkin, bunga qonunchilikda hech qanday cheklov yo’q. SHu sababli, siz ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarining boshlanish muddatlarini, masalan 1 fevralni ko’rsatib mehnat shartnomasini tuzishingiz mumkin. Bundan tashqari, boshqa yo’li ham bor. Siz yangi yildan mehnat shartnomasini rasmiylashtirib olib, ish beruvchi bilan kelishgan holda 15 yanvardan o’z hisobingizdan ta’tilga chiqishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 83-moddasiga ko’ra qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Siz xodim sifatida shartnomada belgilab qo’yilgan kundan boshlab o’zingizning mehnat vazifalarini bajarishga kirishishingiz lozim bo’ladi.
Yuborilmoqda...