Afsuski haqqingiz yo’q. Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko’ra ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi. Bunga ko’ra siz o’n olti yoshga to’lganingizdan keyin mustaqil ravishda boshqalarning ruxsatisiz ishga kirishga haqqingiz bo’ladi.
Biroq, bir yildan keyin sizda ishga joylashish imkoni paydo bo’ladi. Mehnat kodeksi 77-moddasining ikkinchi qismi umumiy qoidadan istisno holatini nazarda tutib, o’n besh yoshga to’lgan o’smirlarni ishga qabul qilish imkoniyatini nazarda tutadi. Bunga faqat quyidagi shartlarga rioya qilinganda yo’l qo’yiladi:
•siz umumta’lim maktablari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining o’quvchisi bo’lishingiz;
•sizning sog’lig’ingiz hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishingizga ziyon yetkazmaydigan yengil ishga qabul qilinishingiz;
•siz qabul qininayotgan ish ta’lim olish jarayonini buzmaydigan bo’lishi va o’qishdan bo’sh vaqtida bajarishi;
•ota-onangizdan birining yozma roziligi bo’lishi lozim.
Shuni ta’kidlash kerakki, o’n besh yoshlik o’spirinni ishga qabul qilish faqat yuqorida sanab o’tilgan shartlarning barchasiga rioya qilinganda qonuniy hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligining ushbu qoidalari mamlakatimiz ratifikatsiya qilgan Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risida”gi 138-son hamda “Bolalar mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash va yo’q qilishga doir shoshilinch choralar to’g’risida”gi 182-son Konventsiyalari bilan uzviy bog’liq.
Yuborilmoqda...