Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Bizning tashkilotimizga malakali huquqshunos kerak. Men tashkilotning kadrlar bo’yicha komissiyasi raisiman va majlisda hamkasblarimdan munosib nomzodni tavsiya qilishlarini so’radim. Endi o’ylanib turibman, menga tavsiya qilishgan har qimni ham ishga olishga majbur bo’lib qolmasmikinman? CHunki nomzodlarni men o’zim ishga taklif qilyapmanku. Agar u bizga to’g’ri kelmasachi?

Mehnat kodeksining 78-moddasiga ko’ra ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik noqonuniy hisoblanadi. Biroq, bu qoida faqat ishga qabul qilish fakti siz tomoningizdan imzolangan va tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan xat-taklifnoma bilan tasdig’ini topgan bo’lishi lozim. Bunday xatda odatda taklif qilingan xodim xatda ko’rsatilan muddatda ishga qabul qilishni so’rab murojaat qilsa va ishga qabul qilish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni taqdim qilgan taqdirda ish beruvchining taklif qilingan xodimning ishga olishi to’g’risidagi majburiyati nazarda tutiladi.

Sizning vaziyatingizda yangi xodimni izlash hamda u bilan uchrashish va suhbat o’tkazish ishga taklif qilish hisoblanmaydi. SHunday ekan, siz o’zingizga maqbul keladigan xodimni tanlamaguningizgacha barcha nomzodlar bilan uchrashishingiz mumkin.

Bundan tashqari huquqshunos (yurist) lavozimiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 22.11.2007 yildagi 244-sonli va 24.08.2007 yildagi 182-sonli qarorlari talablariga javob beradigan xodimlar taklif qilinishi kerak.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa