Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men yirik kompaniyaning xodimlarni tanlab olish bo’yicha menedjer lavozimiga tanlovdan o’tdim. Hozir mehnat shartnomasini tuzish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni rasmiylashtiryapman. Lekin, homiladorligimdan va bu haqda korxona rahbariyatiga aytmaganimdan bezovta bo’layapman. Homiladorlik muddatim kichkina bo’lganligi sababli hech kim buni sezmadi. Men bu haqda ish beruvchiga aytishga majburmanmi va shu sababli u men bilan mehnat shartnomasini tuzishdan bosh tortishi mumkinmi?

Siz ishga qabul qilish paytida majburiy tibbiy ko’rikdan o’tmaganingizga qaraganda egallamoqchi bo’lgan lavozimingiz sizga va bolangizga tahdid solmaydi. Mehnat kodeksining 80-moddasi birinchi qismiga muvofiq ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:

•pasport yoki uning o’rnini bosadigan boshqa hujjatni, o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxslar esa, – tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;

•mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O’rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o’rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;

•harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

•qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo’lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtini tamomlaganligi to’g’risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.

Ko’rib turganingizdek Siz homiladorigingiz haqida xabar berishga majbur emassiz. Lekin, shuni bilishingiz lozimki, qonunchilikda homilador ayollarga bir qancha imtiyozlar berilgan. Ish beruvchingiz xomiladorligingizni bilmagunicha bu imtiyozlarni sizga kafolatlay olmaydi.

Siz bezovta bo’layotgan ishga qabul qilishni rad etilishi masalasiga kelsak, Mehnat kodeksining 224-moddasi muvofiq homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Siz tanlovdan o’tib bo’lganingiz va mehnat shartnomasini rasmiylashtirish uchun hujjatlarni tayyorlayotganingizni hisobga olsak, sizni ishga qabul qilishga rad etish uchun asos mavjud emas.

Bundan tashqari, Siz o’zingizning homiladorligingizni aytmasangiz, ish beruvchi sizga og’ir mehnat yuklab, natijada og’ir oqibatga olib kelgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa