Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Ishga qabul qilish vaqtida menga 3 oylik sinov muddati qo’llanilgan edi. Sinov muddatining 2 oyini o’tab bo’ldim. Bugun esa boshlig’im bilan janjallashib qoldim va ariza yozib 3 kundan keyin ishdan bo’shashligim to’g’risida rahbarimni ogohlantirdim. Uyga kelib tinchlanib, o’z fikrimni o’zgartirdim. Yozgan arizamni qaytarib olsam bo’ladimi?

Ha, arizangizni qaytarib olishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 87-moddasi uchinchi qismiga ko’ra, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yoki mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilab olingan ogohlantirish muddati mobaynida xodim mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to’g’risida berilgan arizani qaytarib olishga haqlidir.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa