Mehnat shartlari – mehnatga oid huquqiy munosabatlarning asosiy qismi bo’lib, u mehnat shartnomasida o’z aksini topadi hamda ish beruvchi va xodim o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilab beradi. Xususan, Mehnat kodeksining 88-moddasida mehnat shartlariga quyidagicha ta’rif berilgan va turlari ko’rsatilgan: “Mehnat shartlari deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami tushuniladi. Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqtining, ta’tilning muddati va boshqa shartlar kiradi. Texnika, sanitariya, gigienaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar ishlab chiqarish omillari deb hisoblanadi”.
Yuborilmoqda...