Siz rahariyatingiz bilan gaplashib olib to’g’ri qilgansiz. Siz ularning roziligi bilan mehnat shartnomangizga qo’shimcha shartlarni kiritishingiz mumkin.
Qonunchilikka ko’ra, mehnat shartnomasining barcha qo’shimcha shartlarini quyidagi ikki turga bo’lish mumkin:
a) mehnat shartnomasiga qo’shilishi mumkinligi qonunchilikda nazarda tutilgan qo’shimcha shartlar (ishga qabul qilishda dastlabki sinov haqida (Mehnat kodeksining 84-moddasi), muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka to’lash haqida (Mehnat kodeksining 104-moddasi), to’liqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash haqida (Mehnat kodeksining 119-moddasi birinchi qismi), bir necha kasbda (lavozimda), o’rindoshlik asosida ishlash haqida (Mehnat kodeksining 160-moddasi) va b).
b) mehnat shartnomasiga qo’shilishi mumkinligi qonunchilikda nazarda tutilmagan bo’lsada, tomonlar mehnat shartnomasida shartlashib olish maqsadga muvofiq deb topgan qo’shimcha shartlar (xizmat safarlariga yubormaslik, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish va b).
Shunday qilib, “b” bandiga muvofiq siz korxonangiz rahbariyati bilan kelishib olgan shartlarni yozma shaklda mustahkamlab qo’yishingiz va mehnat shartnomangizga xizmat safarlarisiz ishlash shartini kiritib qo’yishingiz mumkin.
Yuborilmoqda...