Ha, Siz rad qilish huquqiga egasiz. Umumiy qoidaga ko’ra bir ishdan boshqasiga o’tkazish mehnat shartnomasi tomonlarining roziligi bilan amalga oshiriladi. Ushbu qoida ham doimiy ham vaqtincha boshqa ishga o’tkazishga nisbatan qo’llaniladi hamda qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, barcha hollarda tatbiq etiladi.
Amaliyotda ba’zi bir rahbarlar agar xodim oylik maoshi ko’proq bo’lgan balandroq lavozimga o’tkazilsa, uning roziligi zarur emas, deb hisoblashadi. Bunday mulohaza noto’g’ri hisoblanadi hamda qonunchilik talablariga muvofiq emas. Bunday hollarda xodimning boshqa ishga o’tkazishda ham uning roziligi talab etiladi.
Boshqa ishga o’tkazilganda siz va ish beruvchingiz mehnat shartlarini o’zgarishi bilan bog’liq masalalar bo’yicha o’zaro kelishib olishingiz zarur. Agar siz rozilik javobini bersangiz siz o’tmoqchi bo’lgan ishning boshlash sanasini ham kelishib olishingiz zarur. Vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda esa uning muddati ham kelishib olinadi.
Mehnat kodeksi bu qoidadan istisno hollarini ham nazarda tutganiga e’tibor qaratishingiz lozim. Mehnat kodeksining 95-moddasiga ko’ra, ish beruvchi ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqli. Shu sababli, rahbaringiz sizni doimiy muddatga boshqa ishga o’tkazayotganligi yoki yangi dekan tayinlangunga qadar vaqtincha boshqa ishga o’tkazayotganligini aniqlashtirib olishingiz kerak.
Yuborilmoqda...