Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Boshlig’im homiladorligimni bilib menga boshqa lavozimga o’tishni taklif qildi va u yerda mehnat sharoitlari yengilroq ekanligini asos qilib keltirdi. SHu bilan bir vaqtda u men bilan tug’ish va bola parvarishlash ta’tiliga chiqadigan vaqtga kelib muddati tugaydigan mehnat shartnomasini tuzmoqchi. Menda savol tug’ilayapti: boshlig’im mendan shu yo’l bilan qutilmoqchi emasmikan? Agar men bunday shartnomani tuzishdan bosh tortsam nima bo’ladi?

Belgilangan muddatga tuziladigan mehnat shartnomasi muddatli mehnat shartnomasi hisoblanadi. Uning nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasidan farq qiladigan bir qator o’ziga xos hususiyatlari bor. Muddatli mehnat shartnomasining o’ziga xosligi shundaki, unda ishning tugash muddati ko’rsatiladi.

Mehnat kodeksi ish beruvchiga muddatli mehnat shartnomasini tuzish huquqini cheklaganligi va bunday shartnoma qaysi hollarda tuzilishi mumkinligini belgilab berganligiga e’tibor qaratishingiz lozim. Bundan tashqari, muddatli mehnat shartnomasini xodimga qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa normativ hujjatlarda belgilangan huquq va kafolatlarni ta’minlashdan bo’yin tovlash maqsadida tuzish taqiqlangan. Masalan, xodim bilan olti oyga mehnat shartnomasini tuzish, basharti ushbu muddat tugashi bilan farzand tug’ilganligi sababli xodim ishni bajarishni davom ettira olmasa, noqonuniy deb hisoblanishi lozim. Mazkur holatda ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasini tuzish orqali xodimga kelajakda qonunchilikda belgilangan kafolatlarni ta’minlashdan bo’yin tovlamoqda.

Mehnat shartnomasining uning muddatiga oid shartlari faqat xodim va ish beruvchi kelishuviga binoan o’zgartirilishi mumkin. Muddatli mehnat shartnomasi ish beruvchi xohlagan paytda emas, balki qonunda belgilangan hollarda tuziladi. Buday holatlarning ro’yxati Mehnat kodeksining 76-moddasida belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo’llanilishi haqida”gi qarorining 5-bandiga muvofiq muddatli mehnat shartnomalari faqat Mehnat kodeksining 76-moddasida belgilangan holatlar bo’lganligi sababli nomuayyan muddatli mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo’lmagan hollarda tuzilishi mumkin. Agar xodim bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 76-moddasi talablarini hisobga olmagan holda tuzilgan bo’lsa, bunday holda shartnomaning muddati haqidagi shartlari haqiqiy emas deb topiladi, xodim esa birinchi ish kunidan boshlab ishga nomuayyan muddatga qabul qilingan hisoblanadi.

Yuqoridagi O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi qarorida keltirilgan tushuntirish Mehnat kodeksi 5-moddasining mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas deb topilishi haqidagi qoidasiga asoslangan. Sazning holatingizda ish beruvchini Mehnat kodeksining 76-moddasi qoidalariga rioya qilmasligi xodimning ahvolini Mehnat kodeksida nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan holat deb baholanadi va o’z navbatida mehnat shartnomasining uning muddati haqidagi shartlari haqiqiy emas, ya’ni yuridik kuchga ega emas deb baholanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa