Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Yaqinda bizni firmamizning biz ishlaydigan filiali xodimlari bundan buyon o’z vazifalarini firmamizning boshqa filial hududida amalga oshirishi to’g’risida ogohlantirishdi. Mehnatga haq to’lash shartlari o’zgarmagan, biroq men shaharning boshqa chekkasiga borib ishlashni istamayman. Ish beruvchining xarakatlari qonuniymi?

Agar mehnat shartnomangizda sizning ish joyingiz aniq ko’rsatilmagan bo’lsa, ish beruvchining harakatlari qonuniy, chunki Mehnat kodeksining 91-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini o’zgartirish mehnat shartlarini o’zgartirish deb hisoblanmaydi va bu haqda xodim bilan kelishish talab qilinmaydi. Shuningdek O’zbekiston Respublikasining “Axolini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonunining 4-chi moddasiga asosan, agar ish yashash joyini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lsa, mazkur ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa