Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Mening qo’l ostimda ishaydigan xodimlardan biri malakasi yetarli bo’lmaganligi sababli o’zining mehnat vazifalarini unchalik yaxshi bajara olmayapti. Uni kamroq malaka talab etiladigan ishga o’tkazishim mumkinmi?

Ha, mumkin. Bundan tashqari Mehnat kodeksining 92-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, ish beruvchi sifatida siz xodimga mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishni taklif qilishingiz shart. Agar xodim bajarayotgan ishiga yoki egallab turgan lavozimiga nomuvofiq bo’lsa – mutaxassisligi bo’yicha birmuncha kam malaka talab etiladigan boshqa ishni, bunday ish bo’lmagan taqdirda esa – korxonada mavjud bo’lgan boshqa ishni taklif qilishingiz lozim.

Xodim boshqa ishga o’tishdan bosh tortgan yoki korxonada unga muvofiq keladigan ish bo’lmagan taqdirda, mehnat shartnomasi umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa