Ha, mumkin. Mehnat shartnomasi bo’yicha ishgayotgan har bir shaxsning mehnat faoliyati tegishli vazifani bajarish (mutaxassislik, malaka yoki lavozimda ishlash) bilan bog’liq bo’lib, u har doim ma’um bir ish joyida belgilangan mehnat sharoitlarida amalga oshiriladi. Ko’rsatib o’tilgan omillardan hatto bittasining o’zgarishi ham mehnat shartnomasi o’zgarishi lozimligini anglatadi.
O’z navbatida mehnat shartnomasini o’zgartirish jamlovchi tushuncha bo’lib, o’z ichiga:
•mehnat shartlarini;
•xodimning mehnat vaziflarini (boshqa ishga o’tkazish);
•ish joyini o’zgartirishni oladi.
Aynan shu sababli mehnat shartlarini, boshqa ishga o’tkazish, ish joyini o’zgartirish qoidalar nazarda tutgan Mehnat kodeksining VI bo’limi 3-paragrafi “Mehnat shartnomasini o’zgartirish” deb nomlanadi.
Yuborilmoqda...