Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men direktor bo’lib ishlaydigan korxona mavjud bo’sh ish o’rinlari haqida e’lon berdi. Mening oldimga turli mutaxassislar kelayapti va albatta biz eng malakali mutahassisni tanlab olishni xohlaymiz. Dastlabki sinov muddatini belgilash mumkin bo’lmagan xodimlarning ro’yxati bormi?

Mehnat kodeksining 84-moddasi uchinchi qismiga ko’ra:

•homilador ayollar, uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar;

•korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;

•olti oygacha bo’lgan muddatga mehnat shartnomasi tuzilgan xodimlar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Agar Mehnat kodeksining 84-moddasi talablari buzilib, bunday shaxslarga nisbatan dastlabki sinov muddati belgilansa, Mehnat kodeksining 5-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasining dastlabki sinov bo’yicha shartlari haqiqiy emas deb topiladi, xodim esa sinov muddatisiz ishga qabul qilingan hisoblanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa