Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Bir hafta oldin men dasturlovchi sifatida ishni boshladim va hozirda sinov muddatini o’tayapman. Sinov muddati ikki oydan so’ng tugaydi. Aytingchi, mehnat to’g’risidagi qonunchilik va kasbdoshlarimga qo’llaniladigan mehnat shartlari menga nisbatan ham qo’llaniladimi?

Ha, qo’llaniladi. Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari va korxonada o’rnatilgan mehnat shartlari to’liq tatbiq etiladi (Mehnat kodeksining 86-moddasi birinchi qismi).

Yagona o’ziga xos jihati shundaki, dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, Mehnat kodeksining 87-moddasida belgilangan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Ko’pincha korxonaning lokal hujjatlarida xodimlarga (ushbu hujjatlar bilan beriladigan) qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar (mukofot, belgilangan ish staji uchun ustama to’lovlari, mehnat ta’tillarining davomiyligi va b.) ularning ushbu korxonadagi ish staji bilan bog’liq holda belgilanadi. Bunday munosabat qonuniy hisoblanadi. Lekin, xodimga bu imtiyoz va kafolatlarni qo’llanishi masalasini unga nisbatan sinov muddati belgilangan yoki belgilanmaganligiga bog’lash mumkin emas.

Amaliyotda ba’zi ish beruvchilar agar xodim sinov muddatida bo’lsa, bu muddat ichida u “alohida holatda” bo’ladi, degan noto’g’ri fikrda bo’ladilar. Gohida aynan ushbu xato fikr natijasida ayrim korxonalarda sinov muddati bilan ishga qabul qilingan shaxslarning mehnat huquqlari cheklanishi hollari uchrab turadi. Masalan, bunday xodimni ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilmaslik, unga nisbatan mehnatga haq to’lashda, mukofotlar berishda cheklovlar o’rnatilishi, qonunchilikda belgilangan ish vaqtining dovomiyligiga rioya qilinmaslik va boshqa hollar uchrab turadi. Xodimga nisbatan dastlabki sinov davrida bunday cheklashlar noqonuniy hisoblanadi.

Dastlabki sinov davri mehnat stajiga, jumladan yillik mehnat ta’tilini olish huquqini beridagan mehnat stajiga kiritiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa