Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men oylik maoshi yaxshi bo’lgan yangi ishga joylashayapman va qallig’imga ishga qabul qilindim, deb aytdim qo’ydim. Biroq, boshliqning aytishicha men avval sinov muddatini o’tashim kerak ekan. Uning maksimal muddati qancha? Besh oydan keyin meni to’yim bo’lishi kerak va men o’sha paytda ham “osiq holatda” bo’lishni istamayman.

Sinov muddati yoki qonun tili bilan aytganda dastlabki sinov muddati uch oydan ko’p bo’lishi mumkin emas. Mehnat kodeksining 85-moddasi birinchi qismi xodim qanday ishga qabul qilinishidan qat’i nazar har qanday holatlarda dastlabki sinov belgilangan muddatdan o’tib ketishi mumkin emasligini nazarda tutadi. Agar mehnat shartnomasida dastlabki sinov muddatining davomiyligi uch oydan ortiq deb belgilansa, Mehnat kodeksining 5-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasining dastlabki sinov bo’yicha shartlari haqiqiy emas deb topiladi, xodim esa sinov muddatisiz ishga qabul qilingan hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq, dastlabki sinov muddati faqat bir marta ishga qabul qilish paytida belgilanadi. Ya’ni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan dastlabki sinov muddati xatto xodimning roziligi bilan ham uzaytirilishi mumkin emas.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa