"Mehnat huquqlari" -
Mehnat shartnomasini tuzish paytida menga uch oylik dastlabki sinov muddati belgilandi. Ikkinchi oyda men ikki hafta kasal bo’lib qoldim va ishga qaytib kelsam, bu ikki xafta dastlabki sinov muddatini hisoblashda inobatga olinmasligi haqida aytishdi. Kadrlar bo’limi to’g’ri yo’l tutdimi?
Ha, to’g’ri. Mehnat kodeksining 85-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va uzrli sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan boshqa davrlari dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.