Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Menga balandroq va maoshi yaxshiroq bo’lgan ishga o’tishni taklif qilishdi. Lekin, rahbariyat avval uch oylik sinov muddatini o’tishim kerakligini aytdi. Bir korxona doirasida lavozim ko’tarilganida belgilangan afzalliklar berilmaydigan sinov muddatini belgilash qanchalik qonuniy hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq datlabki sinov muddati faqat ishga qabul qilinayotgan va mehnat shartnomasi tuzilayotgan vaqtda belgilanadi.

Boshqa ishga o’tkazish paytida dastlabki sinov muddatini belgilash noqonuniy hisoblanadi.

Bunday tashqari, xodim boshqa ishga o’tayotganda unga mazkur lavozim uchun belgilangan kafolatlarni bermaslik noqonuniy bo’ladi. Aks hoda bu xodim boshqa shu lavozimdagi xodimlarga nisbatan kamsitilgan hisoblanadi.

Siz ish beruvchidan ish haqi miqdorini hech qanday kamsitishlarsiz talab qilish huquqiga egasiz (Mehnat kodeksining 6-moddasi). Bundan tashqari, ish haqini belgilash yoki o’zgartirish paytida kamsitilishlarga yo’l qo’yish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (18-modda) bilan ta’qiqlab qo’yilgan. Ushbu qoidaning buzilishi ancha jiddiy bo’lib, ish beruvchini nafaqat ma’muriy javobgarligiga, balki jinoiy javobgarligiga ham sabab bo’lishi mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa