Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 95-moddasi birinchi qismiga ko’ra, ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o’tkazishga yo’l qo’yiladi. Bunday holda xodim sog’lig’iga to’g’ri kelmaydigan boshqa ishga o’tkazilishi mumkin emas.
Mehnat kodeksining 89-moddasi uchinchi qismiga e’tibor bersangiz, unga ko’ra, ish beruvchi mehnat shartlaridagi bo’lajak o’zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko’rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo’l qo’yiladi.
Yuborilmoqda...