Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Boshqa ishga o’tkazishda oldin buyruq chiqariladimi yoki oldin mehnat shartnomasiga o’zgartirish kiritiladimi, degan masalada kadrlar bo’limi xodimi bilan bahslashib qoldik. Ushbu holatga oydinlik kiritib berishingizni so’raymiz?

Mehnat kodeksining 96-moddasi birinchi qismga ko’ra, doimiy boshqa ishga o’tkazish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Boshqa doimiy ishga o’tkazish haqida buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga kiritilgan o’zgarishlar asos bo’ladi.

Vaqtincha boshqa ishga o’tkazish uning muddati ko’rsatilgan holda buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga binoan hamda xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq chiqarish uchun uning arizasi, homilador ayollarni va ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarni vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq chiqarish uchun esa, — ularning arizasi va tibbiy xulosa asos bo’ladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa