Mehnat kodeksining 99-moddasiga muvofiq, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so’ng xodim ishni to’xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.
Biroq, murosaga kelish yo’li ham mavjud: mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko’ra siz ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi haqida kelishib olishingiz mumkin. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza u o’z ishini davom ettirishining imkoni yo’qligi (o’quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo’yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollar) bilan bog’liq bo’lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak.
Yuborilmoqda...