Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Bizning korxonamiz boshqa mulkdorga sotib yuborildi. Endi bizning mehnat jamoamiz (biz poyabzal fabrikasida ishlaymiz) ishdan bo’shatilamizmi, deb tashvishlanmoqda.

Mehnat kodeksining 98-moddasi birinchi qismiga muvofiq bunday hollarda mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi. Korxona mulkdori almashishi, shuningdek korxona qayta tashkil etilishisiz va sizning hamkasblaringiz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini qonun hujjatlariga muvofiq umumiy asoslarda bekor qilinishi mumkin Ushbu umumiy qoidadan faqat bitta istisno holat bor. Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 6-bandiga ko’ra korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinishi mumkin. Mazkur asos bo’yicha mehnat shartnomasini korxona mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor qilishga yo’l qo’yiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa