Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Dushanba kuni mehnat jamoasining umumiy yig’ilishida korxona rahbari hamkasblarimizdan biri bajarayotgan ishiga noloyiq ekanligi sababli ishdan bo’shatilayotganligi haqida xabar berdi. U vijdonli odam edi, ishga vaqtida kelar edi, hech kim bilan janjallashmas edi. Meni qiziqtirayotgan narsa shuki, qanday xodimlar bilan mehnat shartnomasi bunday asoslarga ko’ra bekor bo’ladi.

Mehnat kodeksi 100-moddasi 2-qismi, 2-bandiga asosan, xodimning bajarayotgan ishiga noloyiq bo’lishining ikkita sababini nazarda tutilgan:

•malakasi yetarli bo’lmaganligi;

•sog’lig’i holati.

Qachonki xodim mehnat intizomini buzmasa, topshirilgan ishni bajarishga harakat qilsa, biroq, unda zarur ish va kasbiy sifatlarning yo’qligi tufayli yoki sog’lig’i holatiga ko’ra u mehnat shartnomasi bilan o’ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarishga qodir bo’lmasa, o’sha holatda noloyiqlik to’g’risida so’z yuritish mumkin.

Agar xodim u bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ko’ra, aynan bajarishi shart bo’lgan ishni uddalay olmayotgan bo’lsagina, noloyiqligi bo’yicha u bilan bo’lgan mehnat munosabatlarining bekor qilinishiga yo’l qo’yiladi (O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-son “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo’llanilishi haqida”gi qarori).

Xodimning noloyiqligi xodimning bajarishi shart bo’lgan, topshirilgan ishni uddalay olmayotganligini guvohlantiruvchi aniq faktlar (tekshiruv aktlari, bevosita rahbarlik qiluvchisining bildirish xati, hisobotlar, attestatsiya hujjatlari va ishning past sifatliligini, yaroqsiz mahsulot chiqarayotganini, ish hajmini hamda ishlab chiqarish normasini bajarmayotganligini va hokazolarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar) bilan tasdiqlanishi lozim. SHu bilan birga, ta’kidlash joizki, xodim tomonidan yo’l qo’yilgan bir martalik xato uning bajarayotgan ishiga noloyiq ekanligidan dalolat bermaydi.

Bunday holatda agar noloyiqlikning sababi xodimning sog’lig’i holati bo’ladigan bo’lsa, xodim o’ziga topshirilgan ishni uddalay olmayotganligini guvohlantiruvchi faktlar bilan birga tibbiy xulosa (TMEK yoki TMK xulosasi) ham kerak bo’ladi. O’z-o’zidan, agar xodim o’ziga topshirilgan ishni uddalay olsa, tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan xodimning sog’lig’i holati yomonlashgani, xususan, unga nogironlikning belgilanishi umumiy qoidaga binoan Mehnat kodeksining 100-moddasi ikinchi qismi 2-bandiga ko’ra u bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishi uchun yetarli asos bo’la olmaydi.

Biroq, xodim o’ziga topshirilgan ishni uddalay olayotganidan qat’i nazar, ish beruvchi faqat tibbiy xulosa asosida xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini yuqorida ko’rsatilgan umumiy qoidadan istisno tariqasida ikkita holatda bekor qilish huquqiga ega. Bu turdagi mehnat shartnomasini bekor qilishga quyidagi holatlarda:

•birinchidan, agar tibbiy xulosaga ko’ra xodimga uning sog’lig’i holati tufayli bunday ishni bajarish taqiqlangan bo’lsa;

•ikkinchidan, xodimning sog’lig’i yomonlashgani atrofdagilar yoki xodimning o’zi uchun xavf tug’diradigan bo’lsa yo’l qo’yiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa