Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Ish vaqtida xodimlarning o’zaro baland ovozda janjallashib qolishi mehnat shartnomasini bekor bo’lishiga asos bo’ladigan mehnat intizomini qo’pol ravishda buzish deb hisoblanadimi?

Sizning savolingizga aniqroq javob olish uchun korxonaning ichki tartib qoidalariga murojaat qilish lozim.

Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandida xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish nazarda tutilgan. Xodimning o’z mehnat vazifalarini buzishi qo’pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo’ya harakatning og’ir-engilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarga qarab hal etiladi. Ish beruvchi ko’pchilik xodimlar uchun mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli bo’lgan mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzishlarning ro’yxati, kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilanadi. Bunday tartib har bir korxonada ruxsat beriladi, xodimning mehnat vazifalarini bajarish xususiyatlarini hisobga olib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli bo’lgan mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzishlarning ro’yxati mustaqil belgilaydi.

Agar korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari bo’lmasa yoki bu qoidalarni qonunda belgilangan tasdiqlash tartibi (Mehnat kodeksining 174-moddasi) buzilgan bo’lsa yoxud xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo’lgan mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzish deb hisoblanishi mumkin bo’lgan xatti-harakatlar ro’yxati ichki mehnat tartib qoidalarida aniq sanab o’tilmagan bo’lsa, xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishiga yo’l qo’yilmasligiga e’tibor qaratilishi lozim. (O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998 yil 17 apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo’llanilishi haqida” qarorining 34-bandi).

Agar sizning korxonangiz ichki tartib qoidalarida xizmatchilarning etikasi, shu jumladan suzlashish etikasi belgilangan bulib, unga asosan baland ohangda o’zaro janjal qilish mehnat shartnomasini bekor qilishga sabab bo’ladigan mehnat intizomini qo’pol ravishda buzish hisoblansa, sizning xamkasbingiz ishdan mahrum bo’lishi mumkin. Agar bunday qoida mavjud bo’lmasa, unday holda ular boshqa intizomiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa