Mehnat intizomini buzganlik uchun ish beruvchi xodimga Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan intizomiy jazo qo’llashga haqli. Intizomiy jazo choralari turidan biri mehnat shartnomasini bekor qilish hisoblanadi. Bu xodimga nisbatan oxirgi intizomiy jazo turi hisoblanadi. Bundan oldin xodimga hayfsan yoki o’rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima qo’llaniladi. SHundan keyin ham mehnat intizomi buzilsa, Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismda aybli xatti-harakatlar sodir etganligi uchun xodimlar bilan tuzimlgan mehnat shartnomasi ikki xolatda ish beruchining tashabbusi bekor qilinishi ko’rsatib o’tilgan bo’lib, ularga:
•xodimning o’z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi;
•xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi kiradi.
Mehnat shartnomasini bekor qilinishiga asos bo’lgan ushbu ikki holat faqat xodimning mehnat vazifalarini bajarmasligi bilan bog’liq bo’lishi lozimligiga e’tibor qaratishingiz lozim. Ularga:
a) xodimning ichki mehnat tartib qoidalariga bo’ysinishligi bilan bog’liq mehnat majburiyatlari (o’z vaqtida ishga kelishi, ish vaqtining muddatiga rioya qilishi, ish beruvchining mulkiga ehtiyotkorlik bilan muomala qilishi, qonuniy farmoyishlarini bajarishi va boshqalar);
b) xodimning muayyan mutaxassisligi, malakasi va mansabi bilan bog’liq bajaradigan funktsional vazifalari kiradi.
Yuborilmoqda...