Bunday holatda hammasi tashkilotingizda jamoa shartnomasi yoki jamoa kelishuvi tuzilganligiga va ularda bunday holat nazarda tutilganligiga bog’liq. Mehnat kodeksining 101-moddasi birinchi qismiga ko’ra, basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo’lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Yuborilmoqda...