Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Bizning korxonada texnologiyadagi o’zgarishlar sodir bo’lganligi sababli xodimlar sonining qisqarishi kutilmoqda. Men 6 razryadli sleserman, mening xotinim 3-guruh nogironi, qizim esa hali voyaga yetmagan. Aytingchi, ishdan bo’shatiladiganlar ro’yxati tuzilayotganda mening holatim hisobga olinadimi?

Ha, sanab o’tgan holatlaringizga ko’ra Siz ishda qolish uchun imtiyozli huquqingiz bor. Bu Mehnat kodeksining 103-moddasida quyidagi tarzda bayon etilgan: «Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo’lgan xodimlarga beriladi.

Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo’lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:

1) qaramog’ida ikki yoki undan ortiq kishi bo’lgan xodimlarga;

2) oilasida undan bo’lak mustaqil ish haqi oluvchi bo’lmagan shaxslarga;

3) mazkur korxonada ko’p yillik ish stajiga ega bo’lgan xodimlarga;

4) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo’yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlarini tamomlagan shaxslarga o’qishni tugatgandan so’ng mutaxassisligi bo’yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;

5) mazkur korxonada mehnatda mayib bo’lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;

6) urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

7) atom ob’ektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog’liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo’liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga; nogironligi atom ob’ektlaridagi falokatlar munosabati bilan boshlanganligi aniqlangan nogironlarga; ana shunday falokatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilariga, shuningdek mazkur zonalardan evakuatsiya qilingan yoki ko’chirilgan shaxslarga hamda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga».

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa