"Mehnat huquqlari" -
Men yangi ish joyiga o’tishni rejalashtirmoqdaman. Mehnat shartnomamga e’tibor bersam, unda mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilganlik uchun neustoyka to’lanishi ko’rsatilgan ekan. Neustoykaning miqdori esa ko’rsatilmagan. Aytingchi, muddatli mehnat shartnomasini uni muddatidan oldin bekor qilsam qancha miqdorda neustoyka to’layman?
Hech qancha. Mehnat kodeksining 104-moddasining birinchi qismiga muvofiq agar mehnat shartnomasida neustoykaning miqdori belgilab qo’yilmagan bo’lsa, taraflar uni to’lashdan ozod etiladilar.