Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Kadrlar bo’limida menga mehnat shartnomasini bekor qilish haqida xabar berishdi. Biroq, menga hali mehnat daftarchasini berishmadi. Ushbu holatda men nima qilishim kerak?

Bunday holatda ish beruvchingiz Mehnat kodeksining 108-moddasi talablarini buzmoqda. Unga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart.

Siz uning xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishingiz mumkin. 108-moddada belgilangan tartibga rioya qilmaslik, mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi qarorni bekor qilish uchun asos bo’ladi. Bundan tashqari, mehnat daftarchasi ishga qabul qilishda talab qilinadigan asosiy hujjat hisoblanganligi sababli, ish beruvchi aslida sizni mehnat qilish imkoniyatidan mahrum qilayapti. Bu esa majburiy progul sifatida baholanib, siz Mehnat kodeksining 275-moddasida nazarda tutilganidek majburiy progul vaqti uchun haq to’lashini talab qilishingiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risida” Yo’riqnomasining 3.1. bandi asosan, “Ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o’rtacha oylik ish haqi to’lanadi (masalan: moddiy javobgar xodimni biriktirilgan anjomlarni vaqtida topshirmaganligi uchun bahona qilib mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa). Bunday holda ishdan bo’shash kuni, mehnat daftarchasi berilgan kun hisoblanadi. Ishdan bo’shagan kunining yangi sanasi to’g’risida buyruq berilib, xodimning mehnat daftarchasiga yozib qo’yiladi. Bo’shagan kuni to’g’risida ilgari kiritilgan yozuv, ushbu Yo’riqnomaning 2.8 bandida belgilangan tartibda bekor qilinadi.”

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa