Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men o’z xohishim bilan ishdan bo’shash haqida ariza yozdim. Ish beruvchi menga ishdan bo’shatish nafaqasini to’lashga majburmi?

Yo’q majbur emas. Sizning holatingiz Mehnat kodeksining 109-moddasida nazarda tutilmagan. Unga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanadi:

ish beruvchining tashabbusi bilan, xodim o’zining mehnat vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno;

taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan, ushbu kodeksning 106-moddasi 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan holatlarga binoan. Mehnat shartnomasi mazkur kodeksining 106-moddasi 4-bandiga binoan bekor qilinganda ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanadi, ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar xodimning aybi bilan buzilgan hollar (sudning muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat turi bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etish haqidagi hukmini yashirish, soxta hujjatlar taqdim etish va hokazo) bundan mustasno;

xodim yangi mehnat shartlari asosida ishni davom ettirishni rad etganligi sababli (89-moddaning to’rtinchi qismi).

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa