Mehnat kodeksining 111-moddasiga asosan mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o’zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim.
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga ko’ra nizoni ko’rish vaqtida ish beruvchiga mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni boshqa ishga o’tkazishning asosliligini isbotlab berish mas’uliyati yuklatiladi.
Shu bilan birga, siz bunday hollarda da’vogar sifatida mehnat nizolari bo’yicha sudga murojaat qilganingizda davlat bojini to’lamaysiz. Agar hal qiluv qarori sizning foydangizga chiqmasa, ish beruvchining sud chiqimlari qonun hujjatlariga muvofiq sizga yuklatilishi mumkin.
Agar ikkilansangiz mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.
Yuborilmoqda...