Siz ishga tiklanishingiz mumkin. Mehnat kodeksining 112-moddasi birinchi qismiga muvofiq ishga tiklanganda ish beruvchiga xodimga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida quyidagi tushuntirishlar berilgan:
Zararni qoplash:
•majburiy progul vaqti uchun haq to’lash shartligidan (275-modda);
•mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga o’tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar (mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va boshqalar) uchun kompensatsiya to’lashdan;
•ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to’lashdan iboratdir. Ma’naviy zarar uchun to’lanadigan kompensatsiyaning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas.
Ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq xodimning iltimosiga ko’ra sud ishga tiklash o’rniga uning foydasiga (ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgandan tashqari) kamida uch oylik ish haqi miqdorida qo’shimcha haq undirib berishi mumkin.
Yuborilmoqda...