Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Akam bankda hisobchi bo’lib ishlaydi. Uch oy oldin kassada kamomad borligi aniqlanganligi sababli akamni pullarni o’zlashtirishda ayblashdi. Tergov davomida u lavozimidan chetlashtirildi. Baxtimizga akam sud jarayonida oqlandi. Akam oldingi ish joyiga tiklanadimi va uch oy ishlamaganining oqibati nima bo’ladi?

Ha, tiklanadi. Xodim lavozimdan chetlashtirilganda mehnat shartnomasi bekor bo’lmaydi, balki amal qilishi to’xtab turadi. Lavozimdan chetlashtirilgan xodim ishga qo’yilmaydi va unga ish haqi to’lanmaydi. Xodim lavozimdan chetlashtirilganda mehnat daftarchasi mehnat shartnomasi bekor qilingan holatdan farqli ravishda ish beruvchida saqlanadi.

Sizning akangiz maxsus vakolatli organ qarori bilan lavozimdan chetlashtirilgan. Jinoyat protsessual kodeksining 255-modasiga ko’ra, basharti ayblanuvchi, sudlanuvchi o’z ish joyida qolsa, u jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga to’sqinlik qiladi yoki jinoiy faoliyatini davom ettiradi deb hisoblashga yetarli asoslar bo’lsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud uni lavozimidan chetlashtirishga haqlidir.

SHaxsning lavozimidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani oqibatida yetkazilgan ziyon, basharti keyinchalik unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoyat ishi reabilitatsiya asoslariga ko’ra tugatilgan bo’lsa, to’la hajmda qoplanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa