Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Kecha ertalabdan mening boshim qattiq og’ridi, men qon bosimining oshishiga qarshi dori ichib ishga ketdim. Majlis paytida mening boshim shunchalik aylandiki, oxir-oqibat joyimda tura olmasdan yiqildim. Meni shu joyning o’zida mastlikda ayiblashdi va mehnat shartnomasini bekor qilish masalasi ko’rish to’g’risida ogohlantirishdi. Men qanday o’zimni himoya qilaman?

Agar siz alkogolli ichimlikdan, giyovandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganingizda va korxonaning ichki mehnat tartib qoidalarida bunday holat uchun Mehnat kodeksining 100-moddasi to’rtinchi qismi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan bo’lsa, shunda siz o’z ishingizdan xavotirlansangiz bo’lar edi. Lekin, is’temol qilgan dori vositangiz va uning nojo’ya ta’siri alkogolli yoki giyovandlik moddasidan kelib chiqadigan mastlikka aloqador emas va sizni ishdan bo’shatishga asos bo’la olmaydi. Buni raxbariyatingizga tushintirib qo’ying va agar u ishonmasa, sizning holatingiz tibbiy xulosa, maxsus hujjat yoki boshqa isbotlovchi vositalar orqali tasdiqlashni taklif qilib ko’ring.

Har doim esingizda tursinki, Mehnat kodeksining 16-moddasining ikkinchi qismi har bir xodimning mehnat qilish huquqini himoya qilishni, shu jumladan sud orqali himoya qilishni nazarda tutadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa