Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men bir necha yildan beri bir kompaniyada o’rindoshlik asosida ishlab kelmoqdaman. Yaqinda mening o’rnimga doimiy ishlaydigan xodimni olishmoqchi ekanligini habar qilishdi. SHu asosga ko’ra mening mehnat shartnomam tugatilishi mumkinmi?

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 160-moddasiga muvofiq xodim o’zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo’sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to’lanadigan ishni bajarganda o’rindoshlik asosida ishlayotgan hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi ko’ra o’rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, ish beruvchi o’rindoshlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Agar ish beruvchi sizning o’rningizga asosiy ish joyi bo’yicha xodimni ishga olsa, mehnat shartnomasini ushbu asosga ko’ra bekor qilinishi qonuniy hisoblanadi. Agar ish beruvchi ushbu qoidaga amal qilmagan bo’lsa, u tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilinishi noqonuniy hisoblanadi va bu sizni oldingi ish joyingizga tiklash uchun asos bo’ladi. Ya’ni, agar sizning o’rningizga ishga olinayotgan boshqa xodim ham o’rindoshlik asosida ishga olinsa yoki siz bilan mehnat shartnomasini bekor qilingandan keyin ushbu ish joyi bo’shab qolsa mehnat shartnomasini bekor qilish noqonuniy deb topiladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa