Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Yarim yildan keyin mening yubileyim, men 55 yoshdaman, men ayol kishiman, lekin bu bir vaqtda pensiya yoshi ham degani. Bu men ishdan ketishim kerakligini bildiradimi?

Qonun hujjatlarida pensionerlarning mehnatidan foydalanishni taqiqlovchi biror bir umumiy taqiq yo’q.

Xodimning pensiya yoshiga to’lganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining majburiyati emas, balki huquqi hisoblanadi. Bu masala individual yondashuvni talab etadi. Agar siz mehnat vazifalaringizni sifatli bajarayotgan bo’lsangiz va korxona sizga muxtoj bo’lsa, ish beruvchi sizni ishda olib qolishi mumkin.

Mazkur asos bo’yicha mehnat shartnomasini faqat yoshga doir pensiya taynlash uchun zarur bo’lgan ish staji (ayollar uchun 20 yil, erkaklar uchun 25 yil) bor bo’lsa bekor qilish mumkin.

Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi, 7-bandi ikkinchi qismiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risida ish beruvchi sizni kamida ikki oy oldin yozma xat bilan ogohlantirilishi lozim. Sizning roziligingiz bilan ogohlantirish muddati mutanosib ravishda pullik kompensatsiyaga almashtirilishi mumkin.

Agar jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishni kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib olish nazarda tutilgan bo’lsa, mehnat shartnomasini bekor qilishni kelishib olish zarur. Mazkur asosga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilayotganda sizga o’rtacha oylik ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa