Ha, to’lanadi. Siz bilan o’z ichiga quyidagilarni oladigan pullik hisob-kitob amalga oshiriladi: ishlagan barcha kuningiz uchun, jumladan mehnat shartnomasi bekor bo’ladigan kun uchun ish haqi; mehnat shartnomasi bekor qilinadigan vaqtda foydalanilmagan mehnat ta’tillari (asosiy hamda qo’shimcha) uchun kompensatsiya to’lovlari.
Mehnat kodeksining 100-moddasiga ko’ra mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda xodimga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo’lmasa:
•qonun bo’yicha yoki shartnomaga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo’lgan xodimga, – ogohlantirishiga ko’ra u ishni tashlab ketishga haqli bo’lgan kundan kechiktirmasdan;
•mehnat shartnomasini bekor qilishi haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo’lmagan xodimga, – ishdan ketgan kunining ertasidan kechiktirmasdan to’lanishi lozim.
Yuborilmoqda...