Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Men bola parvarishlash ta’tilidaman. Yaqinda bizning korxona tugatilishi haqida bilib qoldim. Bu holatda ishdan qanday bo’shatiladi?

Korxona tugatilganda xodimlar bilan mehnat shartnomasini tugatish quyidagi bochqichlarda amalga oshiriladi.

1) Ishdan bo’shatish haqida ogohlantirish.

Ishdan bo’shatish jarayoni xodimlarni korxona tugatilayotgan va shu munosabat bilan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilishi haqida xabar berishdan boshlanadi. Xodimlar ishdan bo’shatilish haqida oldindan ogohlantiriladilar. Mehnat kodeksining 102-moddasiga muvofiq ushbu muddat ikki oy.

Ogohlantirish xati har bir xodimga imzo chektirib beriladi. Agar xodim u yoki bu sabablarga ko’ra o’z ish joyida bo’lmasa (masalan, sizga o’xshab bola parvarishlash ta’tilida bo’lsa) unga ogohlantirish xati pochtadan buyurtma bilan yuboriladi. Ogohlantirish telefon orqali amalga oshirilishi mumkin emas.

Ishdan bo’shatilish haqidagi ogohlantirish xati ikki nusxada tuziladi. Bitta nusxasi xodimga ikkinchisida esa xodim ogohlantirilganligi tasdiqlovchi imzo va sana ko’rsatiladi hamda u ish beruvchida qoladi.Agar xodim ogohlantirish xatini imzolashdan bosh tortsa yoki uni olishdan umuman bosh tortgan taqdirda ish beruvchi ikkita guvoh ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma xodimga tanishtiriladi.

Mazkur dalolatnomaga ham imzo chekishdan bosh tortsa, bu haqda dalolatnomaga yozuv kiritiladi.

2) Mehnat shartnomasini bekor qilish.

Mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq bilan ham xodim imzo chekib tanishishi lozim. Xodimning talabiga ko’ra ish beruvchi unga buyruqning tasdiqlangan nusxasini berishi lozim. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq bilan tanishishdan bosh tortishi mumkin. Bu holda ish beruvchi buyruqqa “Tanishishdan bosh tortdi” degan belgini qo’yadi.

YUqorida ko’rsatib o’tilgan xatti-haraktlarning barchasi bajarib bo’lingandan so’ng xodimning mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi yozuv kiritiladi.

Xodimning shaxsiy kartochkasiga mehnat shartnomasi korxona tugatilganligi sababli bekor qilinganligi haqida yozuv kiritiladi. Mehnat daftarchasini qabul qilib olayotgan paytda xodim shaxsiy kartochkaga hamda mehnat daftarchasini va uning ilovalarini qayd etish kitobiga imzo qo’yadi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 29 yanvarda 402-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risida” Yo’riqnomasining 3.3. bandi asosan, “Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim ishda bo’lmagan taqdirda, ish beruvchi o’sha kuniyoq unga pochta orqali mehnat daftarchasini olib ketish to’g’risida ogohlantiruvchi xabarnoma jo’natadi (boshqa xatlar hisobotga olinmaydi va Yo’riqnomaning 3.1. bandi asosida ish ko’riladi).

Xodimning mehnat daftarchasini yashash joyiga pochta orqali jo’natish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi.”

3) Hisob kitoblarni amalga oshirish.

Oxirgi bosqich bu sizga barcha to’lovlarning, shu jumladan Mehnat kodeksining 109-moddasida nazarda tutilgan mehnat shartnomasini taraflarning ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatda bekor bo’lishi munosabati bilan ishdan bo’shatish nafaqasining to’lanishi hisoblanadi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa