Mehnat kodeksining 100-moddasi to’rtinchi qismiga ko’ra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo’lgan mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzishlarning ro’yxati:
ichki mehnat tartibi qoidalari;
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo’llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi.
Siz, albatta sudga murojaat qilishingiz mumkin, lekin siz ko’rsatgan sabab uzrli sabab deb topilishi ehtimoldan yiroq. Ishga kelmaslik uchun uzrli sabablarga xodimga ishga kelishi uchun haqiqatdan to’siq bo’lib turgan shart-sharoitlar, masalan, kasallik va b. bo’lishi mumkin.
Mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzishlarning ro’yxatida ish beruvchini ogohlantirmasdan ishga chiqmaslik, ogohlantirish tartibi ko’rsatilmagan bo’lsa, siz bilan mehnat shartnomasi noqonuniy bekor qilingan xisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-son qarorida bu masalalarga batafsil tushuntirish berilgan.
Yuborilmoqda...