Portalning yangi versiyasini ishga tushirish munosabati bilan, ushbu versiyada texnik quvvatlash to'xtatiladi!!!
"Mehnat huquqlari" - Amakimni o’g’li ishdan uyga qaytayotib avtohalokatga uchradi. Uning olgan tan jarohati ishlab chiqarish bilan bog’liq deb hisoblanadimi? Ish vaqti tushunchasiga nima kiradi?

Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko’ra, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o’z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi. Mehnat kodeksining 189-moddasiga muvofiq xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham mehnatda mayib bo’lishi, shuningdek ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy javobgar bo’ladi. SHunga ko’ra, ish beruvchini moddiy javobgar deb e’tirof etish uchun, amakingizni o’g’li qaysi avtomashinada avtohalotkatga uchraganligi va ushbu halokat kimning aybi bilan sodir bo’lganligini aniqlash lozim.

Mazkur masala yuzasidan xududiy mehnat organlarining davlat mexnat texnika inspektorlariga murojat kilinsa, mexnatda mayib bulganligi yoki boshka xolatda mayib bulganligi xakida xulosa beriladi. SHunga asosan yakuniy xulosa chikariladi.

Ushbu soha bo`yicha ko`p beriladigan savollar
Ommabop xizmatlar

Yuborilmoqda...

Qayta aloqa

* belgisi bilan ajratilgan maydonlar to`ldirilishi shart.

Tasvirdagi belgilarni kiriting*
Harflar katta yoki kichikligining ahamiyati yo`q.
Murojaat yuborish

Davlat organi rahbariyati qabuliga yozilish

Tadbirkorlik

Qayta aloqa