Mehnat kodeksining 115-moddasiga ko’ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.
Ish vaqtini jamlab hisobga olish Mehnat kodeksining 123-moddasiga ko’ra amalga oshiriladi.
SHunday kelib chiqib, xodimni sakkiz soatdan ortiq ishlatish mumkin emas, Bu mehnatga majburlash hisoblanadi va aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi.
Ish hajmining ortishi yoki muhim topshiriqlar ijrosini kechiktirib bo’lmasligini inobatga olib, ish beruvchi asosiy ish vaqtidan tashqari qo’shimcha ish vaqtida ham xodimning roziligi bilan uni ishga jalb qilishi mumkin. Bunda qo’shimcha ishlagan ish vaqti uchun ikki hissa ish haqi to’lanishi lozim. Bu vaqt qonun hujjatlariga muvofiq yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak.
Yuborilmoqda...